Soliq kodeksining 111 va 112-moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bunda soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror soliq organining rahbari tomonidan qabul qilinishi mumkin
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlik subyektlari uchun tartibga solish yukini kamaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, Soliq kodeksining 111 va 112-moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bunda soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror soliq organining rahbari tomonidan qabul qilinishi mumkin.
Shuningdek, soliq to‘lovchi ushbu qaror yuzasidan e’tiroz bildirgan taqdirda, operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror soliq organining e’tiroz taqdim etilgan kundan keyin 3 kundan kechiktirmay bergan arizasiga asosan sud tomonidan qabul qilinishi mumkin. Bunda operatsiyalar sud tomonidan qaror qabul qilinguniga qadar to‘xtatib turiladi.
Undan tashqari, Soliq kodeksi 111-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan holatlarni soliq to‘lovchi bartaraf etsa, soliq organi operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorini Soliq kodeksining 112-moddasiga muvofiq bekor qiladi.
Iqtisodiy prosessual kodeksiga o‘zgartirishga ko‘ra, banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102114 | Инструменты