O‘zbekistonning Bruneydagi elchisi Karomiddin Gadoyev ushbu davlat sultoni Hassanal Bolkiahga ishonch yorlig‘ini topshirdi
O‘zbekistonning Bruneydagi elchisi Karomiddin Gadoyev ushbu davlat sultoni Hassanal Bolkiahga ishonch yorlig‘ini topshirdi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.
Tantanali marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan muloqotda O‘zbekiston va Bruney o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif doirasida Bruney tashqi ishlar vaziri Shahzoda Abdul Matiyn hamda tashqi ishlar bo‘yicha ikkinchi vazir Erivan Yusof bilan ham uchrashuvlar o‘tkazildi. Bruney vakillari O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va ularning natijalarini yuqori baholadi.
Uchrashuvlar yakunida tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, shuningdek, madaniyat, ta’lim va turizm sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102113 | Инструменты