Sirdaryoda eko nazorat xodimi brakonyerlarga qarshi kurash chogʻida halok boʻldi

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi Sirdaryo suv havzasini nazorat qilish bo‘limi xodimi Mirzo Botirov xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘ldi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Mirzo Botirov 9-sentabr kuni tungi soat 23:00 da Sirdaryo daryosi o‘zanida o‘tkazilgan tezkor reyd tadbiri davomida elektr qarmoq yordamida baliq ovlayotgan huquqbuzarlarning qarshiligiga uchragan va natijada suvga tushib ketgan. 

Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilgan qidiruv ishlari natijasida 10-sentabr kuni inspektorning jasadi topildi.

"Ayni damda marhumning oila a’zolariga zarur moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish, shuningdek, voqeaning barcha tafsilotlarini o‘rganish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda",-deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, Mirzo Botirov umrini atrof-muhitni muhofaza qilishga bag‘ishladi. Uning tabiatni muhofaza qilish va ekologik qonunchilik talablarini ta’minlash yo‘lidagi fidokorona xizmatlari hamda ko‘rsatgan jasorati munosib baholanib, u “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan vafotidan so‘ng taqdirlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91111 | Инструменты