Huawei 1
Shuhratbek Qurbonov TBC Bank Uzbekistan rahbarining maslahatchisi etib tayinlandi

Shuhratbek Qurbonov TBC Bank boshqaruvi raisining biznes segmentidagi to‘lovlarni rivojlantirish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi, deb xabar qildi raqamli bank matbuot xizmati.

Shuhratbek Qurbonov so‘nggi olti yil davomida Humo to‘lov tizimining operatori bo‘lgan Milliy banklararo protsessing markazini (MBPM) boshqargan.

TBC ushbu tayinlanishni “kompaniyaning O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes (KO‘B) uchun moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish yo‘lidagi yana bir muhim qadam” deb atadi. O‘tgan yili kompaniya O‘zbekistondagi KO‘B uchun birinchi to‘liq raqamli bank xizmati bo‘lgan TBC Business platformasini ishga tushirgandi, bu esa barcha bank va tegishli operatsiyalarni masofadan boshqarish imkonini beradi.

“Shuhratbek Qurbonovni jamoamiz safida ko‘rishdan mamnunmiz. Uning tayinlanishi — kompaniyamizning O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kompleks moliyaviy yechimlarni yaratish strategiyasidagi muhim bosqich hisoblanadi. Shuhratbekning tajribasi, bozorni chuqur tushunishi va obro‘-e’tibori bizning onlayn bank xizmatlarimizni rivojlantirishga va mamlakatdagi tadbirkorlikni rag‘batlantirishga xizmat qiladi”, — dedi TBC Uzbekistan CEO’si Nika Kurdiani.

“Markaziy Osiyodagi eng tez rivojlanayotgan kompaniyalardan biri — TBC Uzbekistan ekotizimi safiga qo‘shilganimdan xursandman. Bizning vazifamiz — zamonaviy moliyaviy yechimlar, ilg‘or texnologiyalar va professionallar jamoasining muvofiqlashtirilgan ishlashi orqali mamlakatda kichik va o‘rta biznes rivoji uchun qulay sharoitlar yaratishdir”, — dedi Shuhratbek Qurbonov.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50615 | Инструменты