O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:
– Jasur Shavkatovich Solihov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimiga;
- Gulnoza Saydig‘anixo‘jayevna Ismailova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha "El-yurt umidi" jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 5 may kuni istiqbolli kadrlarni maqsadli tayyorlash va mutaxassislarning xorijda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlashga oid takliflar taqdimoti bilan tanishgandi. “El-yurt umidi” fondi Prezident huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi etib, Davlat boshqaruvi akademiyasini Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi etib qayta tashkil etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50617 | Инструменты