lFargʻona viloyati bojxona boshqarmasining «Fargʻona» bojxona posti, Shohimardon qishlogʻi kirish qismida joylashgan «Oq-qiya» bojxona punkti hamda «Soʻx» chegara bojxona posti tunu kun faoliyat yuritish rejimiga oʻtkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Avval mazkur bojxona punktlari soat 06:00 dan 22:00 gacha ishlagan.
Qayd etilishicha, ish rejimi oʻzgartirilishi yozgi turistik mavsumda chegaradan oʻtuvchi fuqarolar uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida amalga oshirilgan.
Mazkur tartib joriy yilning 1-oktyabriga qadar amal qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52121 | Инструменты