Huawei 1
Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar Shayxontohur tumani hokimligi binosini savdoga qo‘ydi. Bu haqdagi eʼlon “E-auksion” portaliga joylandi.

Portalda eʼlon qilingan maʼlumotlarga ko‘ra, binoning boshlang‘ich narxi 101 milliard 652 million so‘m etib belgilangan. Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati esa joriy yil 26 may 09:00 gacha. Natijalar ham 26 may kuni 10:00 da eʼlon qilinadi. Hokimlik binosining maydoni 7382 kvadrat metrni tashkil qiladi.

Qayd etilishicha, xaridor obyekt negizida zamonaviy mehmonxona qurish va sotib olish to‘lovlarining dastlabki qismini bir yo‘la kamida 50 foiz miqdorida to‘lab berish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi, shuningdek, mazkur obyekt Shayxontohur tumani hokimligi tomonidan joriy yil 1 iyulga qadar bo‘shatilgandan so‘ng xaridor undan foydalanish huquqini qo‘lga kiritadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50102 | Инструменты