Savdo-sanoat palatasi xodimlariga ikki oydan buyon maosh to‘lanmayotgani aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Savdo-sanoat palatasi xodimlariga ikki oydan buyon maosh berilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Palata axborot xizmati holatga tushuntirish berdi

Unda aytilishicha, palata va uning hududiy bo‘linmalariga Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda hududiy kengashlar huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlari hisobidan davlat subsidiyasini ajratish tizimi joriy etilishi belgilangan.

Fond ajratgan mablag‘ 2024-yil uchun hali hisobga tushmagani sababli maoshlar ham kechiktirilgan. Kuni kecha 2024-yil NNTlar bo‘yicha ajratiladigan pul mablag‘lari ma’qullandi. Oliy Majlis jamoat fondiga kelib tushgan va hozirda hududiy bo‘linmalar bilan tegishli shartnomalar tuzish jarayoni boshlangan.

Qayd etilishicha, tartib doirasida 1-2 kun davomida barcha xodimlarga oylik ish haqi chiqarib beriladi. Yil davomida oyliklar o‘z vaqtida to‘lanishi ta’minlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72715 | Инструменты