Huawei 1
“Samarqand no‘xat sho‘ragi” geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi

“Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra, tovarni muayyan geografik obyekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgi geografik koʻrsatkich deb eʼtirof etilib, unda tovarning sifati, nom qozonganligi yoki boshqa xususiyatlari uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada bogʻliq boʻladi.  

Adliya vazirligi geografik koʻrsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi. Samarqand viloyat adliya boshqarmasi va "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasining koʻmagi bilan “Samarqand no‘xat sho‘ragi” geografik koʻrsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.  

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i  Salohiddin Sattarov bugun Samarqand viloyat  hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevga  “Samarqand no‘xat sho‘ragi” geografik koʻrsatkich hujjatini topshirdi.

Eslatib o'tyamiz, bundan oldin “So‘qoq somsasi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70420 | Инструменты