Rossiyaning Belgorod va Bryansk viloyatlaridan 99 nafar bola deyarli 2 hafta davomida Toshkent viloyatidagi “Anor” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida dam oladi. Ularning tashrifi haqida Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi maʼlumot berdi.
Jarayon O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi taklifiga binoan amalga oshirildi, deyiladi xabarda.
Aeroportda bolalarni Rossiyaning O‘zbekistondagi muvaqqat ishlar vakili Andrey Lanchikov, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbariyati va Tashqi ishlar vazirligi vakillari kutib oldi.
Uchib kelgach, bolalarni mazali va to‘yimli nonushta bilan mehmon qilishdi va sovg‘alar topshirishdi. Ertaga bolalarni smenaning tantanali ochilishi kutmoqda, deydi elchixona.
Taʼkidlanishicha, bunday aksiya birinchi marta o‘tkazilmoqda, dipmissiya buning uchun O‘zbekiston hukumatiga minnatdorlik bildirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71820 | Инструменты