“Ishi bevosita poezdlar harakati bilan bog'liq bo'lgan temir yo'l transporti ayrim toifadagi xodimlarining ish vaqti va dam olish vaqti rejimlari to'g'risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi (ro'yxat raqami: 3650-son, 17.07.2025 y.).
Nizomga ko'ra, ish vaqtining normal davomiyligi 5 kunlik yoki 6 kunlik ish haftasida haftasiga 40 soatdan ortiq bo'lishi mumkin emas.
Ishlarni bajarish joyi xizmat ko'rsatilayotgan asosiy ish joyidan tashqarida bo'lsa, mazkur toifadagi xodimlarning 24 soatda bosib o'tgan yo'lining 8 soati bevosita ularning ish vaqtiga qo'shiladi.
Poezdlar harakati bilan bevosita bog'liq bo'lgan temir yo'l transporti xodimlarining ish vaqtiga quyidagilar kiradi:
- ishga tayyorgarlik ko'rish vaqti, shu jumladan, yo'l-yo'riqdan o'tish vaqti;
- ishdan oldingi tibbiy ko'rikdan o'tish vaqti;
- asosiy mehnat vazifalarini bajarishga bevosita sarflanadigan vaqti;
- asosiy ish joyidan xizmat ko'rsatilayotgan ish joyiga yo'lovchi sifatida borish va undan qaytish hamda kutish vaqti;
- xodimga bevosita bog'liq bo'lmagan holatlarda uning bo'sh turib qolgan vaqti.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71820 | Инструменты