Rossiyadagi xalqaro kinofestivalda o'zbek filmlari ham ishtirok etadi
2020 yilning 14-18 noyabr kunlari Rossiyada harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi XVII “Volokolamsk chegarasi” nomli filmlar festivali bo'lib o'tadi. Mazkur festivalda rejissyor Hilol Nasimovning "Hayot" va Hamidulla Hasanovning "101" badiiy filmlari ham ishtirok etadi.
"Hayot" filmi 2000 yil Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlarida bo'lib o'tgan terroristik guruhlarga qarshi jasorat bilan kurashgan harbiylarimiz xotirasiga bag'ishlangan.
"101" badiiy filmida esa Ikkinchi Jahon urushida katnashgan o'zbekistonlik 101 ta jangchining qahramonona va fojiali taqdiri haqida hikoya qilinadi.
XVII Xalqaro kinofestival Rossiyaning Moskva viloyatidagi qadimiy Volokolamsk shahrida bo'lib o'tadi. Bu yerda 1941 yilda Ulug' Vatan urushining hal qiluvchi janglaridan biri - Moskva uchun jang bo'lib o'tgan. Kinofestival doirasida hakamlar hay'ati eng yaxshi filmlarni tanlab olishadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72110 | Инструменты