Huawei 1
Sayyohlar uchun premium transport xizmatlari

Xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun maksimal darajada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek, sifatli transport xizmatlariga talab ortib borayotgani munosabati bilan Turizm qo‘mitasi huzuridagi DUK “Turistlarga xizmat ko‘rsatish markazi” tomonidan premium toifadagi avtomobillar taqdim etish yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu qadam xalqaro standartlarga mos keladigan sayyohlik xizmatlari darajasini oshirish, shuningdek, O‘zbekistonning mehmondo‘st va zamonaviy sayyohlik maskani sifatidagi imidjini ilgari surishga qaratilgan. Mamlakatga tashrif buyurgan sayyohlar aeroportdan transfer, shahar bo‘ylab sayohatlar va shaharlararo safarlarda yuqori sifatli transportdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Avtoparkning tarkibiga Mercedes-Benz 222/223, Sprinter mikroavtobusi, shuningdek, eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan katta sig‘imli avtobus kiradi. Ular iqlim nazorati tizimi, Wi-Fi, qulay charm salonlar va xorijiy tilni biladigan professional haydovchilar bilan ta’minlangan.

Bunday xizmatlarni ko‘rsatish, ayniqsa, xalqaro tadbirlar, ishbilarmonlik forumlari, rasmiy delegatsiyalar va VIP-mehmonlarning tashriflari, shuningdek, yakka tartibdagi va guruhli sayyohlik yo‘nalishlarini tashkil etish doirasida dolzarb hisoblanadi.

Turizm qo‘mitasi O‘zbekistonning sayyohlik jozibadorligini yanada oshirish va mamlakat mehmonlariga yuqori darajada xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida yaxlit, qulay va xavfsiz infratuzilmani, shu jumladan transport infratuzilmasini yaratish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirmoqda.

Murojaat uchun: +998 93 566 22 77

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72002 | Инструменты