Huawei 2
Rossiyada qo‘shnisini o‘ldirgan o‘zbekistonlik 8 yilga qamaldi

Sankt-Peterburgda qo‘shnisining o‘limiga sababchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi sakkiz yilga qattiq tartibli koloniyaga hukm qilindi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 45 yoshli O‘zbekiston fuqarosi M.O‘. qotillik sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Hodisa 2023-yil 23-iyul kuni Pilotov ko‘chasi, 13-uyda joylashgan yotoqxona yo‘lagida yuz bergan. Tomonlar o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqqan va o‘zbekistonlik erkak qo‘shnisining ko‘kragiga urgan. 

“Oqibatda qo‘shni muvozanatni yo‘qotib, 4-qavat oynasidan tushib ketgan va og‘ir tan jarohati olib, o‘sha kuniyoq kasalxonada vafot etgan”, — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston fuqarosi 8 yilga qattiq tartibli koloniyaga hukm qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga