Samarqandda uyidan avtomobilni olib qochib, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiriga ketayotgan 8-sinf maktab o‘quvchisi YPX xodimlaridan qochishga urindi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, voyaga yetmagan bola davlat raqam belgisini tushirib qoldirib yo‘lida davom etgan. O‘quvchining otasiga nisbatan chora ko‘rildi.
Holatni Samarqand shahar 37-maktab o‘quvchisi sodir etgan.
Umuman olganda bugun, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” kuni soat 14:00 gacha respublika bo‘ylab voyaga yetmaganlar tomonidan avtomobil boshqarish bilan bog‘liq 256 ta holat aniqlandi.
Ular orasida 5-sinf o‘quvchisi ham mavjud.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62309 | Инструменты