Xitoy AQShning Eron yadroviy inshootlariga zarba berishini qoralaydi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytiladi.
«Xitoy AQShning Eronga hujumini va uning Atom energiyasi xalqaro agentligi nazorati ostidagi yadro inshootlariga hujumini keskin qoralaydi. AQShning bu harakati BMT nizomining maqsad va tamoyillarini jiddiy buzadi», — deya ta’kidladi vazirlik.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligining qo‘shimcha qilishicha, AQSh harbiy-havo kuchlarining hujumi Yaqin Sharqdagi keskinlikni yanada kuchaytirmoqda.
Pekin barcha tomonlarni, xususan Isroilni mojaroni hal qilish uchun muzokaralar olib borishga chaqirdi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Pekin muzokaralarni osonlashtirishga tayyorligini bildirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62315 | Инструменты