Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov yaqin kunlarda uchta vazirlik Yangi Toshkent hududiga ko‘chishini maʼlum qildi.
Sherzod Hidoyatovga ko‘ra, hozirda u yerda Transport, Energetika, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirliklarining vaqtinchalik binolarini qurish ishlari ketayotganini, xususan, Energetika vazirligi allaqachon ko‘chib o‘tganini taʼkidladi.
«Barcha vazirliklar vaqtinchalik binoda o‘tiradi va ular yonma-yon bo‘ladi. Ularning poytaxtdagi binolari sotuvga qo‘yiladi va shu mablag‘larga Yangi Toshkentdan yangilari quriladi. Qolgan vazirliklar ham bosqichma-bosqich o‘tkaziladi», — dedi vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, xodimlarning kelib-ketishi ham hisobga olingan. Ular uchun alohida transport yo‘nalishlari tashkil qilinadi. Transport vazirligi bugungi kunda uni qanday qilib amalga oshirish borasida ishlamoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61109 | Инструменты