Huawei 1
Surxondaryoda Damas urib yuborgan o‘quvchi vafot etdi

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida Damas mashinasi skuter bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 17 yoshli yigit vafot etdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi. 

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 6 iyun kuni soat tunggi 01:30 larda Termiz shahri Bog‘ishamol mahallasida haydovchi Damas rusumli transport vositasida harakatlanib, chorrahadan chapga qayrilmoqchi bo‘lganida, qaramma-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan 2008 yilda tug‘ilgan hamda Termiz shahridagi 12 maktabning 11 sinf o‘quvchisi boshqaruvidagi skuter bilan to‘qnashib, yo‘l transport hodisasi sodir etgan. Oqibatda esa skuter haydovchisi bosh miya yopiq jarohati son suyagi sinishi kabi jarohatlar olib, Termiz shahridagi tez tibbiy yordam bo‘limida vafot etgan. 

Yo‘l transport hodisasidan so‘ng Damas avtomobili tegishli bo‘lgan korxonada tushuntirish ishlari olib borilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61220 | Инструменты