Huawei 1
Samarqandda ayol 7 oylik farzandini ko‘chaga tashlab ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda 1 yoshga to‘lmagan bolani onasi ko‘chaga tashlab ketganligi to‘g‘risida videoxabar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan alohida nazoratga olinib, ichki ishlar va prokuratura organlari tomonidan o‘rganilmoqda.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, ayol 7 oylik farzandini Samarqand viloyatning Pastdarg‘om tumanidagi mahalla ko‘chasida tashlab ketib, o‘zi yashiringanligi aniqlangan.

Holat yuzasidan hozirda tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bola tumandagi go‘daklar uchun bolalar uyiga joylashtirilib, unga hozirda zarur bo‘lgan parvarish ko‘rsatilmoqda. Sirdaryo viloyatida yashovchi ayolning shaxsi aniqlanib, uning o‘z farzandiga nisbatan sodir etgan g‘ayriqonuniy harakatlariga huquqiy baho berish jarayoni bormoqda. Bu haqda qo‘shimcha tarzda ma’lumot beriladi.

Ma’lumot uchun: o‘zing ota-onalik vazifasini su’istemol qilgan tarzda farzandiga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik - bolaga nisbatan zo‘ravonlikning shakli hisoblanadi. Ayrim fuqarolarning o‘z farzandiga nisbatan sodir etayotgan bunday harakatlari qonun doirasida javobgarlikka asos bo‘ladi. Har bir bola qonun va davlat himoyasidadir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50523 | Инструменты