“O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Koson tumani "Nurafshon" MFYda fuqaro A. J. yashirin tashkil etgan ishlab chiqrish sexidagi qurilmalarni tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 466,5 million so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31521 | Инструменты