O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-84-son, 06.03.2026 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Afg‘oniston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul bo‘lgan vakolatli organlar etib belgilandi.

Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi to‘g‘risida afg‘on tomoniga tegishli bildirishnoma yuboradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31212 | Инструменты