Huawei 1
Qarzni vaqtida qaytarib olish uchun nima qilish kerak?

Bir tanishim qiyin holatga tushib qolganligi sababli katta miqdorda qarz berib turishimni so'radi. Qarzni qaytarishda muammo kelib chiqmasligi uchun nima qilsam bo'ladi? (A.A. Xorazm viloyati)

Mazkur holatda qonunchilikda quyidagi tartiblar belgilangan.

Siz tanishingizga 2 230 000 so'mdan ortiq qarz bergan taqdiringizda yozma shaklda shartnoma tuzishingiz lozim (Fuqarolik Kodeksi, 108-modda).
Qarz oluvchining tilxati ham yozma shartnoma o'rniga o'tadi.
Agar fuqaro jismoniy kamchiligi, kasalligi yoki savodsizligi tufayli bitimni shaxsan o'zi imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan bitimni boshqa fuqaro imzolashi mumkin.

Bunday holatda boshqa fuqaroning imzosi notarius tomonidan tegishli tartibda guvohlantirilishi shart.
Shuni yodda tutingki, qarz shartnomasining yozma shaklda tuzilishiga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi. Biroq nizo chiqqan taqdirda bitimning tuzilganligini, mazmunini yoki bajarilganligini guvohlar bilan tasdiqlash imkoni bo'lmaydi.

Qarz oluvchi olingan qarzni shartnomada nazarda tutilgan muddatda va tartibda qaytarishi shart.
Agar qarzni qaytarish muddati shartnomada belgilanmagan bo'lsa, qarzni qaytarish so'ralgan kundan boshlab 30 kun mobaynida qaytarishi kerak.
Muammo kelib chiqmasligi uchun qarz shartnomasini yozma shaklda tuzishingiz, istasangiz ushbu shartnomani notarial idorada tasdiqlashni talab qilishingiz mumkin.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71613 | Инструменты