Prezidentning tegishli qarori bilan Turdiyev Sadriddin Abdullayevich Kadastr agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
U bungacha prokuratura organlarida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Prezident Administratsiya rahbarining farmoyishi bilan:
- Fayzullayev Murat Muxtarovich Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;
- Xafizov Alisher Abduazizovich Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga;
- Mirmaksudov Mirsaid Sadikovich Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga;
- Abdullayev To‘lqin Mansurovich Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, Abdushukr Hamidovich Abdullayev Kadastr agentligi direktori maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61115 | Инструменты