TIV ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanganini keskinlikni yumshatish hamda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni tiklash yo‘lidagi muhim diplomatik yutuq sifatida baholadi.
Bayonotda AQSH va Eron rahbariyatining siyosiy irodasi e’tirof etilib, erishilgan kelishuv tinchlik yo‘lidagi barqaror yechim uchun muhim zamin yaratishi ta’kidlangan.
Shuningdek, muzokaralar uchun sharoit yaratishga hissa qo‘shgan Pokiston va Qatar, shuningdek, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Misrning sa’y-harakatlari yuqori baholandi.
O‘zbekiston muzokaralarning keyingi bosqichlari konstruktiv ruhda davom etishi va erishilgan kelishuvlar samarali amalga oshirilishiga umid bildirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61914 | Инструменты