4-noyabr kuni “Qamchiq” dovonida qor yog‘di. FVV, YPX va “Qamchiqavtoyo‘l” xodimlari yo‘lni qordan tozalash va muzlamalarni oldini olish ishlarini olib bormoqda. Haydovchilarga xavfsizlik choralariga qat’iy rioya etish tavsiya qilinmoqda.
													“Qamchiq” dovonining yuqori qismida maydalab qor yog‘di. Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi, YPX hamda “Qamchiqavtoyo‘l” IYFUK xodimlari hamkorligida yo‘lni qordan tozalash, muzlamalar hosil bo‘lishining oldini olish va qum-tuz aralashmasini sepish ishlari olib borilmoqda.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, FVV qutqaruvchilari tomonidan dovon hududida doimiy nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Yo‘lda qolib ketgan haydovchilar va ularning transport vositalariga zarur yordam ko‘rsatilmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi haydovchilarga “Qamchiq” dovonida harakatlanishda barcha xavfsizlik choralariga qat’iy rioya etish, yo‘l harakati qoidalariga amal qilish hamda ob-havo sharoitini inobatga olishni tavsiya etadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110420 | Инструменты