Huawei 1
Paxta va don qabul qilish hamda uning elektron hisobini yuritish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (573-son, 09.09.2025-y.) bilan “Paxta va don qabul qilish hamda uning elektron hisobini yuritish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom Qishloq xo'jaligi vazirligining “Agrotarozi”, “Hosil qabuli” va “AgroDocs” axborot tizimlari orqali paxta va don qabul qilish hamda uning elektron hisobini yuritish tartibini belgilaydi.

Foydalanuvchi internet axborot tarmog'idagi rasmiy veb-sayt orqali “Agrotarozi” va “Hosil qabuli” ATlari imkoniyatlaridan foydalanish uchun ro'yxatdan o'tadi.

Foydalanuvchilar “Agrotarozi” ATdan ro'yxatdan o'tishda axborot tizimidan foydalanish shartlarini qabul qilish bo'yicha elektron shaklda shartnoma imzolaydi.

Paxta va don tovar-transport yuk xati asosida qabul qilinadi.

Xo'jaliklar bitta yuk xati bilan barcha sifat ko'rsatkichlari bir xil bo'lgan paxta va donni topshirish uchun yuborishlari kerak, ya'ni:

- bitta seleksiya, sanoat navi va sinfiga oid;

- avlodi va dala guruhi bir xil urug'lik paxta va don.

Paxta qabul qilish kuni soat 24:00 da yakunlanadi va kunlik hisobotlar fizik vaznda yuritiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91122 | Инструменты