Huawei 2
O'zbekistondagi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar soni ma'lum qilindi

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023/2024-oʻquv yili boshida O'zbekistondagi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida taʼlim berayotgan oʻqituvchilar (oʻrindoshlarsiz) soni 547,7 ming nafarni tashkil etgan.

Bu koʻrsatkich 2019/2020-oʻquv yili boshiga nisbatan solishtirilganda 61,1 ming nafarga oshgan.

Yillar kesimida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida taʼlim berayotgan oʻqituvchilar (oʻrindoshlarsiz) soni:

2019/2020-oʻquv yili boshiga 486,6 ming nafar;

2020/2021-oʻquv yili boshiga 508,2 ming nafar;

2021/2022-oʻquv yili boshiga 510,0 ming nafar;

2022/2023-oʻquv yili boshiga 521,6 ming nafar;

2023/2024-oʻquv yili boshiga 547,7 ming nafar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga