Huawei 1
O'zbekiston tarixida birinchi marta 130 yoshli momoning tug'ilganlik fakti belgilandi

Adliya vazirligi tashabbusi bilan o'tkazilgan "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi davomida Buvayda tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan tumanning "Qoraqum" MFYsida amalga oshirilgan xatlovlarda 1895-yilda (!) tug‘ilgan Umarova (Toshmatova) Huvaydo momoning tug‘ilishi qayd etilmaganligi aniqlandi.

Buvayda tuman adliya bo‘limi tomonidan kiritilgan da'vo ariza qanoatlantirilib, Fuqarolik ishlari bo'yicha Qo'qon tumanlararo sudining Buvayda tumani "Qoraqum" MFYda o'tkazgan sayyor sud majlisida Huvaydo momoning 1895-yil 1-yanvarda Buvayda tumanida tug'ilganlik fakti belgilandi.

Ma'lumot o'rnida aytish mumkinki, siz avval ham 130 yoshli Huvaydo momo haqida eshitgansiz, lekin momoning 130 yoshda ekanligini isbotlovchi fakt yo'q edi. Ana endi rasman Umarova Huvaydo momo O'zbekistondagi eng yoshi ulug' inson hisoblanadi.

Endi Huvaydo momo Ginness rekordlar kitobiga dunyodagi eng yoshi ulug' inson sifatida ham kiritilishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91218 | Инструменты