Mavlonov Olimjon Abdiraupovich Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Tayinlovga qadar u Innovatsion rivojlanish vazirligining Qashqadaryo viloyati hududiy innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Olimjon Mavlonov 1989-yil Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan.
U 2011-yil Toshkent davlat sharqshunoslik instituti (bakalavr), 2016-yil Germaniya Federativ Respublikasining Regensburg universitetini (magistratura) tugatgan.
2020-2021-yillar davomida Gʻuzor tumani hokimining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi lavozimida mehnat qilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102202 | Инструменты