Taʼlim va ilm-fan vazirligida “Call-markaz” va Taʼlim böyiça jamoatçilik kengaşi taşkil etiladi

19-oktabr kuni “Taʼlim va ilm-fan vazirligi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga köra, Taʼlim va ilm-fan vazirligi taʼlim, ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvçi hokimiyat organi hisoblanadi.

Vazirlikda autsorsing asosida quyidagi faoliyat yölga qöyiladi:

- aholi murojaatlari, şikoyatlari, takliflari va eʼtirozlarini qabul qiliş, ularni tezkor körib çiqiş hamda tegişli taşkilotlarga yönaltiriş maqsadida “Call-markaz”;

- aholi hamda taʼlim va ilm-fan tizimi xodimlari bilan tizimli muloqotni taʼminlaş, taʼlim xizmatlari sifati, ommabopligi va mavjud muammolar yuzasidan tezkor axborot oliş hamda tahlil qiliş maqsadida qayta aloqa tizimi.

Taʼlim va ilm-fan vaziri huzurida taʼlim oluvçilar, talabalar, ota-onalar, pedagoglar va iş beruvçilar vakillaridan iborat Taʼlim böyiça jamoatçilik kengaşi taşkil etiladi.

Vazirlik hayʼati vazir (hayʼat raisi), uning örinbosarlari, Vazirlik huzuridagi agentliklar direktorlari, şuningdek, yetakçi oliy taʼlim taşkilotlari rektorlari, olimlar va pedagoglar orasidan 15 nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi.

Vazirga istisno tariqasida Vazirlikning markaziy apparatiga 2027 yil 1 fevralga qadar xodimlarni töğridan-töğri suhbat asosida işga qabul qiliş vakolati beriladi.

Şuningdek, Prezident Administratsiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantiriş va uzluksiz taʼlim strategiyasini işlab çiqiş böyiça maxsus işçi guruh taşkil etiladi. Vazirlik huzurida Inson kapitalini rivojlantiriş jamğarmasi hamda Taʼlim va ilm-fan böyiça strategik tadqiqotlar va baholaş markazi taşkil etiladi.

Bilim va malakalarni baholaş agentligi taşkil qilinmoqda, Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlimni rivojlantiriş markazi faoliyati tugatilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102117 | Инструменты