Hududda yetiştirilayotgan meva-sabzavotlarni çuqur qayta işlaşga ixtisoslaşgan yangi korxona xomaşyodan yuqori qöşilgan qiymatli mahsulot tayyorlab, uni taşqi bozorlarga yetkazib beriş bilan şuğullanmoqda.
Prezident Şavkat Mirziyoyev “Qaşqadaryo” erkin iqtisodiy zonasidagi “Wosune Food Ingredients Karşi” korxonasi faoliyati bilan tanişdi.
Hududda yetiştirilayotgan meva-sabzavotlarni çuqur qayta işlaşga ixtisoslaşgan yangi korxona xomaşyodan yuqori qöşilgan qiymatli mahsulot tayyorlab, uni taşqi bozorlarga yetkazib beriş bilan şuğullanmoqda.
AQŞning “Wosune International Inc” kompaniyasi sarmoyasi hisobidan barpo etilgan korxonaning qiymati 8,5 million dollar. Bu yerda 150 ta doimiy iş örni yaratilgan.
Bu yerda sabzi, bulğor qalampiri, oşqovoq, olma, kök piyoz, ismaloq va turli kökatlar konveksion uskunalarda quritiladi. Uşbu texnologiya mahsulotning tabiiy taʼmi va ozuqaviy xususiyatlarini saqlaşga xizmat qiladi. Işlab çiqariş jarayonining 30 foizi robotlaştirilgan.
Tayyor ingrediyentlar tez tayyorlanadigan taomlar, ziravorlar, konservalar va kosmetika mahsulotlari işlab çiqaruvçi kompaniyalarga yetkazib beriladi. Mahsulotlar Rossiya, Yevropa va MDH davlatlariga eksport qilinmoqda. Yillik eksport hajmini 40 million dollarga yetkaziş rejalaştirilgan.
Xomaşyo taʼminotini kengaytiriş maqsadida viloyatdagi dehqon xöjaliklari bilan töğridan-töğri kooperatsiya aloqalarini yölga qöyiş közda tutilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102117 | Инструменты