Qaror bilan “Startaplar makoni” xalqaro tanlovi joriy etildi. Tanlovning umumiy mukofot jamgʻarmasi 5 million AQSH dollarini tashkil etadi. Gʻolib deb topilgan 25 ta jamoaning har biriga IT Park direksiyasi huzuridagi venchur jamgʻarma tomonidan “chuqur oʻrganish” jarayonidan soʻng 200 ming AQSH dollarigacha investitsiya ajratiladi.
Joriy yil 28-oktabrda Vazirlar Mahkamasining “Startaplar makoni” xalqaro tanlovini tashkil etishga doir chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi ma'lum qildi.
Qaror bilan “Startaplar makoni” xalqaro tanlovi joriy etildi. Tanlovning umumiy mukofot jamgʻarmasi 5 million AQSH dollarini tashkil etadi.
Hujjatdan koʻzlangan asosiy maqsad – xorijiy startap loyihalar va ularning ta’sischilarini Oʻzbekistonga keng jalb etish, texnologiyalar transferini faollashtirish hamda respublikani mintaqaning “startaplar xabi”ga aylantirish.
Tanlov 2027-yil aprel oyidan boshlab har yili quyidagi 5 ta yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi:
– Sun’iy intellekt texnologiyalari.
– Ijtimoiy yoʻnalishda raqamli texnologiyalar (ta’lim, sogʻliqni saqlash, davlat xizmatlari).
– Moliyaviy texnologiyalar.
– Kreativ industriya hamda kompyuter va mobil oʻyin dasturlari.
– B2B va industriya yoʻnalishida yechimlar.
Gʻolib deb topilgan 25 ta jamoaning har biriga IT Park direksiyasi huzuridagi venchur jamgʻarma tomonidan “chuqur oʻrganish” jarayonidan soʻng 200 ming AQSH dollarigacha investitsiya ajratiladi.
Qaror bilan IT Park faoliyatini tartibga soluvchi nizomga ham oʻzgartishlar kiritildi. Xususan:
– IT Park rezidentlariga avtomatlashtirish yoʻnalishida ishlab chiqqan hisobga olish oʻlchov vositalarini soliq organlarining axborot tizimlariga majburiy integratsiya qilish talabini bekor qilish;
– IT Park direksiyasiga soliq, statistik hisobotlarni va axborot texnologiyalari boʻyicha oʻtkazilgan oʻquv kurslari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish majburiyati bekor qilish;
– IT Park rezidentlari faoliyat turlari roʻyxatiga “IoT” va sun’iy intellekt qurilmalari, mikro- va nanoelektronika, intellektual robotlar ishlab chiqarish va realizatsiya qilish, shuningdek, “Biznes farishtalar klublari” faoliyati kiritildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110312 | Инструменты