Huawei 1
O‘zbekistonda IT taʼlimni rivojlantirishda Malayziya bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan IT taʼlimni rivojlantirish yo‘nalishida Malayziya va O‘zbekiston aloqalarini mustahkamlash maqsadida Malayziyaning nufuzli UCSI universiteti prezidenti bilan uchrashuv tashkil qilindi.

UCSI universitetiga 1986 yilda asos solingan bo‘lib, uning 25 ta akademik tarkibiy tuzilmalari mavjud. Hozirda universitetda 12 mingdan ziyod yoshlar 58 turdagi bakalavr, 32 turdagi magistratura va doktorantura yo‘nalishlarida tahsil olmoqda. Jahon universitetlari akademik reytingining TOP-300 taligida o‘rin egallagan.  

Uchrashuv davomida UCSI universiteti filialini O‘zbekistonda tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, Malayziyaning yetakchi IT  kompaniyalarini O‘zbekistonga universitet yordamida jalb qilish hamda bitiruvchi talabalarni Malayziya kompaniyalarida ishga joylashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.  

Universitet tomonidan Vazirlik tizimidagi universitetlar bilan hamkorlik o‘rnatish orqali O‘zbekistonda qo‘shma dasturlar va loyihalar amalga oshirish bo‘yicha qiziqish bildirildi.  

Shuningdek, IT taʼlimni rivojlantirishda Sirdaryo, Farg‘ona va boshqa hududlar salohiyati haqida ham maʼlumot berildi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga