Toshkent shahri hokimligi Yunusobod tumanidagi 212 ta geografik obyektning nomini o‘zgartirish yoki yangi nom qo‘yish bo‘yicha ovoz berish jarayoni boshlanganini e’lon qildi.
Takliflarni qabul qilish 29-aprelda boshlandi va 13-maygacha davom etadi.
Ovoz berish uchun geonom.tashkent.uz saytining bosh sahifasida xarita ostidagi “Ovoz berishda ishtirok etish” havolasini, so‘ng ko‘cha bo‘limlari ko‘rsatilgan doiralardan birini bosish zarur.
Shu bilan birga, aholi fikri quyidagi shakllarda ham qabul qilinadi: