Huawei 2
30-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Shavkat Mirziyoyev Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston U23 terma jamoasiga tabrik yo‘lladi

"Qatar davlatida futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etib, biryo‘la final yo‘llanmasi hamda shu yil yozda Parijda o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman", - deydi davlat rahbari.

Toshkentdan Chorvoqqa mavsumiy avtobus qatnovi boshlandi

Avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan soat 8:00 va 18:00 da jo‘naydi. Chorvoqdan (Humson) esa 6:00 va 16:00 harakatlanadi.

Aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 77 foizga yetkazildi

Parlament so‘roviga kelgan javobda keltirilishicha, 2024-yilda qiymati 256,7 mln dollar bo‘lgan 4 ta yirik loyihalarni boshlash rejalashtirilgan. Natijada yil yakuni bilan aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 77 foizdan 81 foizga yetkaziladi.

Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi

Bu bo'yicha Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

O‘zbekistonda naqd puldagi to‘lovlar uchun keshbek qaytarilishi bekor qilinishi mumkin

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida prezident qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Surxondaryoda bank boshqaruvchisi xizmat avtomobilida YTHga uchradi

Hozirda mazkur  yo‘l-transport hodisasi yuzasidan YXX va ichki ishlar tergov organi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qimmatbaho metallar sohasida Ilg‘or texnologiyalar ilmiy markazi tashkil etiladi

Navoiy kon-metallurgiya kombinatida qimmatbaho metallar zaxirasini ko‘paytirish rejalari ham ko‘rib chiqildi. Mutasaddilar Shavkat Mirziyoyevga oltin zaxirasini va ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyatlari haqida axborot berdi.

Minimal isteʼmol xarajatlari qiymati oshdi

2024-yil may oyidan hisoblangan minimal isteʼmol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 648 ming soʻmni tashkil etdi.

O‘zbekiston “Tolibon” bilan 44 mln dollarlik savdo shartnomani imzolashga kelishdi

O‘zbekiston kelgusida Afg‘onistonga eng ko‘p talab qilinadigan tovarlar: qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, to‘qimachilik, charm, elektrotexnika mahsulotlari va qurilish materiallari kabi mahsulotlarni eksport qiladi.

Birjada 2,9 trln so'mlik tovarlar sotildi, sement, shakar va ammofos narxi pasaydi

“O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2,9 trln so‘mlik tovarlar sotildi, bu avvalgi haftaga nisbatan 13,1% ga kamdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 79,1% birja savdolariga, qolgan 20,9% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Fitosanitar xavfi past mahsulotlarni olib kirishda sertifikat talabi bekor qilinadi

“O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Ya’ni, fitosanitar xavfi past bo‘lgan karantin ostidagi 230 ta mahsulotga eksport qiluvchi mamlakatning sertifikatini talab etish amaliyoti bekor qilinyapti.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga