O‘zbekistonda Haj va Umra ziyoratlari uchun yagona portal ishga tushirildi

O‘zbekistonda «Haj va Umra yagona portali» ishga tushirildi, deb xabar bermoqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati. Navbatda turgan fuqarolar maʼlumotlari xatlovdan o‘tkazilib, ushbu yagona portal tizimiga kiritildi.

Taʼkidlanishicha, portal Hajga boruvchi fuqarolarga qulaylik yaratish, navbatni tartibga solish va navbat shakllanishida inson omilini bartaraf etish, Hajga doir maʼlumotlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq jarayonlarni raqamlashtirish maqsadida yaratilgan. Portal vazirlik va idoralarning 15 dan ortiq axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan.

Talabgor fuqaro ikki xil usulda, yaʼni Yagona davlat interaktiv xizmatlari portali (my.gov.uz) va haj-umra.gov.uz sayti orqali elektron navbatga yozilishi mumkin

Buning uchun Davlat xizmatlari portali orqali yoki elektron raqamli imzodan foydalangan holda yoxud mobil ID tizimida identifikatsiyadan o‘tish orqali so‘rovnoma yuborishi mumkin. So‘rovnomani to‘ldirishda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami va telefon raqamini kiritishning o‘zi yetarli. Boshqa barcha kerakli maʼlumotlar tizimdan avtomatik ravishda olinadi. Talabgor navbatga yozilganidan so‘ng, unga avtomatik ravishda SMS xabarnoma yuboriladi.

Portalning ishlash jarayoni yoki Haj uchun navbatga yozilish bilan bog‘liq savollarga javob berish maqsadida Respublika tezkor shtabi hamda hududlarda ishchi guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, koll-markaz tashkil etildi. 77 882−18−58 yoki 99 882−18−58 telefon raqamlari orqali, shuningdek, hududiy ishchi guruhlar bilan bog‘lanib, savollarga javob olish mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102318 | Инструменты