Hokimliklarda yangi boshqaruv tizimi joriy etiladi

Prezidentning “Hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun hokimliklar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” 33 ta tuman (shahar) hamda Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida 9 ta vazirlik va idoraning bo‘linmalari hokimliklar tarkibiga o‘tkaziladi.Hokimlar bu bo‘linmalar ustidan bevosita rahbarlik qiladi, xodimlarni tayinlaydi va rag‘batlantiradi.

Viloyat hokimining o‘rinbosarlari soni — 6 nafar, tuman va shaharlarda — 4 nafar etib belgilandi.

Har bir rahbarga kamida 3 nafar ijrochi xodim to‘g‘ri keladi.

KPI ko‘rsatkichlariga to‘liq erishgan hokimlarga ajratiladigan mablag‘ 15% ga oshiriladi.

2026-yildan “Hududlararo iqtisodiy hamkorlik forumi” har yili o‘tkaziladi.

Shuningdek, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri va 2030-yilgacha nomarkazlashtirish strategiyasi ishlab chiqiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102321 | Инструменты