“Yashil iqtisodiyot” va raqamli transformatsiya: Yevropa bilan yangi strategiya

Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim nafaqat iqtisodiy munosabatlarni yangiladi, balki O‘zbekistonning “yashil iqtisodiyot”, raqamli transformatsiya va inson kapitali sohalaridagi rivojlanishini Yevropa bilan chambarchas bog‘ladi.

Hujjat Parij bitimi doirasidagi majburiyatlarni amalga oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish va Orolbo‘yi ekotizimini tiklash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni nazarda tutadi. Yevropa Ittifoqi fondlari orqali moliyalashtirish imkoniyatlari kengayishi mamlakatning ekologik barqarorligi va energetik xavfsizligini ta’minlaydi.

Raqamli yo‘nalishda Bitim innovatsion iqtisodiyot, sun’iy intellekt va startap ekotizimlarini rivojlantirishni qamrab oladi. O‘zbekiston “Horizon Europe” va “Erasmus+” dasturlariga to‘liq qo‘shilish orqali ta’lim, ilm-fan va texnologiya sohalarida Yevropa tajribasini integratsiya qilmoqda.

Mehnat mobilligi va viza talablarini yengillashtirish masalalari inson kapitali rivojiga xizmat qiladi. Talabalar, tadbirkorlar va mutaxassislar uchun Yevropa bilan erkin aloqa imkoniyatlari bilimlar oqimini faollashtiradi.

Bitim — bu nafaqat savdo yoki siyosiy hujjat, balki O‘zbekistonning kelajak iqtisodiyoti uchun “yashil”, raqamli va innovasion yo‘nalishdagi strategik yo‘l xaritasidir. U mamlakatning xalqaro maydondagi rolini kuchaytiradi va Yevropa bilan sheriklikni yangi bosqichga olib chiqadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102320 | Инструменты