Bugun, 3-noyabrdan Markaziy bankning kredit reklamasi va kredit shartnomalariga oid yangi talablari kuchga kirdi. Endi banklar kredit reklamasida majburiyatlarni bajarmaslik moliyaviy xatarlarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirish joylashtirishi shart.

Ogohlantirish:
- bosma va elektron reklamada maydonning, audio va videoreklamada davomiylikning kamida 10 foizni;
- kredit shartnomasining birinchi sahifasida, shartnoma matnidan oldin, sahifa yuzasining kamida 30 foizni egallashi zarur bo‘ladi.
Ogohlantirishda nimalar ko‘rsatiladi?
Kreditni o‘z vaqtida to‘lamaslik:
- umumiy qarz miqdori oshishiga;
- majburiy ijro choralari ko‘rilishiga;
- mol-mulkka undiruv qaratilishiga, sotilgan mulk qarzni to‘liq qoplamasa, qolgan qarz zimmangizda saqlanib qolishiga;
- kafil yoki garovga qo‘yuvchi to‘lagan summa keyinchalik sizdan undirilishiga;
- hisobvaraqlardagi mablag‘lar xatlanishiga;
- mamlakatdan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishiga;
- kredit tarixiga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga olib kelishi mumkin.
Bank taklif etayotgan kredit mahsuloti iste’molchini chalg‘ituvchi deb topilsa, bu bankka nisbatan chora va sanksiyalar qo‘llash uchun asos bo‘ladi. Ya’ni kredit olishdan oldin mijoz uning oqibatlari haqida reklama va shartnomaning o‘zida aniq ogohlantiriladi.⠀
Alpha version: 0.9.1.19 build 110315 | Инструменты