Jahon iqtisodiy forumining Global Gender Gap Index 2024-yilgi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston 146 ta mamlakat orasida 0.681 ball bilan 108 o‘rindan joy oldi.
Xususan, mamlakatimiz ta’lim darajasi indikatori bo‘yicha 0.990 ball, sog‘liqni saqlash indikatori bo‘yicha 0.959 ball bilan yaxshi natija qayd etdi.
Ma'lumot uchun: Gender tafovut indeksi mamlakatlarni to‘rtta asosiy indikator –sog‘liqni saqlash, ta’lim, iqtisod va siyosat bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi tafovutni o‘rganadi va mamlakatdagi gender tengligi holatini baholaydi.
Barcha subindekslar uchun mumkin bo‘lgan eng yuqori ball – 1 (gender tenglik) va eng past ball – 0 (nomutanosiblik) hisoblanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21920 | Инструменты