“Mebel va yog'ochsozlik sanoatining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-193-son, 27.05.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, 2025–2028-yillarda mebel va yog'ochsozlik sanoatini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko'rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- mebel va yog'ochsozlik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 30 foizga oshirish;
- eksport hajmini 100 mln AQSH dollariga yetkazish;
- sohada 50 ming nafar aholini daromadli mehnat bilan ta'minlash.
2029-yil 1-yanvargacha Qarorda belgilangan mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlar importida bojxona boji 1 foiz stavkada qo'llaniladi.
2025-yil 1-iyuldan o'z xonadonida faoliyat yuritadigan YTTlarga mebel mahsulotlarini tayyorlash faoliyati bilan shug'ullanish huquqi beriladi.
2025-yil 1-avgustdan mahalliy mebel texnologlari uchun rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi nufuzli tashkilotlarning sohaga tegishli bo'lgan malaka sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 53102 | Инструменты