UzAuto Motors ijtimoiy tarmoqlarda Malibu-2 avtomobillari partiyasi Qozog‘istondan O‘zbekistonga qaytarilgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini maʼlum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda avtovozga ortilgan yangi Malibu-2 avtomobillari aks etgan video tarqaldi. Rolik muallifi o‘z izohida ushbu avtomobillar go‘yoki Qozog‘istonda qaytarilib, O‘zbekistonga yetkazib berilayotganini taʼkidlagan.
UzAuto Motorsʼga ko‘ra, eʼlon qilingan videoda haqiqatan ham yangi Malibu-2 avtomobillari aks etgan, ular Xitoydan Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga belgilangan tartib-qoidalarga to‘liq rioya qilgan holda yuborilmoqda.
Kompaniya ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan noto‘g‘ri maʼlumotlarni tarqatmaslikni so‘radi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 53022 | Инструменты