Kembrij universiteti tadqiqotchilari COVID-19ning 150 ta genomini o'rganishdi
Kembrij universiteti tadqiqotchilari COVID-19ning 150 ta genomini o'rganishdi va uch turdagi infeksiya agentini aniqlashdi.
Bu turlarga A, B va S indekslarini berishdi.
Ular bir-biridan aminokislotalar ketma-ketligida farqlanib, genomdagi mutatsiyalar tufayli bu o'zgarishlar yuzaga keldi.
A turi - ko'rshapalaklar populyatsiyasida aylanib yuradigan koronavirusga eng yaqinroq bo'lib chiqdi. Ta'kidlanishicha, u to'g'ridan-to'g'ri yovvoyi tipdagi koronavirusdan kelib chiqqan. Uni SARS-CoV-2 «avlodi» desa bo'ladi.
V turi - A turidan kelib chiqqan holda, ikkita asosiy mutatsiyalarda «qarindoshi»dan farq qiladi. Aynan u Uxan shahrida epidemiyani keltirib chiqardi. Natijada, V turi Osiyo uchun xarakterli bo'lib qoldi, dunyoning boshqa qismlarida esa u keng tarqalmadi. Olimlarning fikriga ko'ra, buning sababi - dunyo aholisining qolgan qismi ushbu virusga qarshi immunologik qarshilikka ega bo'lishi mumkin.
Keyinchalik V turi S tur mutatsiyasiga uchradi. Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Shvetsiyadagi bemorlarda bu tur birinchi marta aniqlandi, ammo Xitoyda bu tur umuman yo'q. Ma'lum bo'lishicha, A va C turlari Sharqiy Osiyodan tashqarida tarqalgan va asosan Yevropa va AQShda uchramoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51711 | Инструменты