Huawei 2
Kelayotgan hafta boshida O'zbekiston hududlari bo'ylab kuzatiladigan ob-havo prognozi e'lon qilindi

"O‘zgidromet" xizmati O'zbekiston hududlari bo'ylab 22-24-aprel kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +27...+32 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +26...+31 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 22 aprelda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 23-24 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 23 aprelda Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22 aprelda +12...+17 daraja, 23-24 aprelda +10...+15 daraja, kunduzi 22-23 aprelda +22...+27 daraja, 24 aprelda +24...+29 daraja bo‘ladi.

Samarqand viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22 aprelda +12...+17 daraja, 23-24 aprelda +10...+15 daraja, kunduzi 22-23 aprelda +22...+27 daraja, 24 aprelda +24...+29 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +14...+19 daraja, kunduzi +27...+32 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi,. 22 aprelda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. 23 aprelda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 24 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +24...+29 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 22 aprelda qor ko‘chishi xavfi (2000 metrdan yuqorida) bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +13...+18 daraja bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga