29-oktabr — Butunjahon insultga qarshi kurash kuni

Har yili dunyoda 29-oktabr — Butunjahon insultga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi. Maqsad — ushbu xavfli kasallikning oldini olish, uning dastlabki belgilarini tanish, xavf va asoratlar haqida aholining xabardorligini oshirishdan iborat.

O‘zbekistonda bu borada muhim loyiha amalga oshirilmoqda. Xususan, Prezidentning joriy yil 20-yanvardagi tegishli qarori asosida qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi kurashish Milliy dasturiga muvofiq shu yilning 1-noyabridan yurtimiz umumta’lim maktablarida joriy etilayotgan “FAST — superqahramonlar” xalqaro ta’lim dasturi aynan shu maqsadga xizmat qiladi.

Loyihaning asosiy maqsadi — o‘quvchilar o‘yin va qiziqarli mashg‘ulotlar orqali nafaqat insultning dastlabki belgilarini tanib olishni o‘rganadilar, balki bu bilimlarni ota-onalari, bobo va buvilariga ham yetkazadilar. Shu orqali oilalarda insult haqida xabardorlik oshib, uning belgilarini erta aniqlash va o‘z vaqtida tez tibbiy yordam chaqirish ko‘nikmalari shakllanadi.

Ushbu videorolik bolalarga insultning ilk belgilarini tanish va inson hayotini saqlab qolishda vaqtning ahamiyatini bilishga yordam beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102911 | Инструменты