Kasbiy ta’lim agentligi: 2026-yilda 7,318 nafar bitiruvchining bandligi ta’minlandi

Bu yil 7,318 nafar bitiruvchining bandligi ta’minlandi. Kasbiy ta’lim agentligi matbuot kotibi bitiruvchilar bandligini ta’minlash borasidagi natijalarni ma’lum qildi.

Unga ko'ra, respublikaning 539 ta texnikumida tashkil etilgan 896 ta “Karyera kunlari” tadbiriga 112 486 nafar bitiruvchi va 9 243 ta ish beruvchi tashkilot hamda korxona vakillari jalb etildi. Bitiruvchilarga jami 41 153 ta bo‘sh ish o‘rni taklif etilib, 7 318 nafarining bandligi ta’minlandi. Yana 12 721 nafar bitiruvchi bilan ishga joylashish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, texnikumlarda dual ta’lim asosida tahsil olayotgan o‘quvchilar soni 112 855 nafarga yetdi. Hududiy forumlarda 979 ta ish beruvchi korxona va tashkilot vakillari qatnashib, 525 ta tashkilot bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Bundan tashqari, 124 mingdan ortiq fuqaro kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rganishga jalb etildi. Ushbu ishlar ta’limni ishlab chiqarish bilan bog‘lash, yoshlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102113 | Инструменты