Huawei 2
Janubiy Koreyaning Kvansan-gu tumani hokimi boshchiligidagi delegatsiya xizmat safari bilan O'zbekistonga keldi

Mamlakatimizning Janubiy Koreyadagi elchixonasi tashabbusi va Sirdaryo viloyati hokimligi taklifiga binoan, Kvanju shahri Kvansan-gu tumani hokimi Pak Byun Kyu boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 19-23-aprel kunlari xizmat safari bilan O'zbekistonda bo'ladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Delegatsiya tarkibiga Kvansan-gu tumani hokimligi rasmiylari, deputatlari, "Koreya˗O'zbekiston" biznes assotsiatsiyasi boshlig'i, universitetlari prezidentlari, yetakchi kompaniya va tashkilotlari rahbarlari kiritilgan.

Tashrif kun tartibidan Guliston shahrida ikki hudud tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum va B2B/B2G shaklidagi uchrashuvlar o'tkazish, hududlararo hamkorlik memorandumini imzolash, amalga oshirilayotgan yirik iqtisodiy loyihalar bilan tanishuv, "Sirdaryo" EIZga tashrif buyurish va xayriya tadbirlarini amalga oshirish o'rin olgan.

Bundan tashqari, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Koreys madaniyat markazlari uyushmasi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti, "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros hamda Guliston davlat universitetlarida uchrashuvlar o'tkazish va tegishli hamkorlik hujjatlarini imzolash rejalashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga