“Intellektual faoliyat natijalarini rag‘batlantirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–358-son, 27.11.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar 2026–2027 yillarda intellektual mulk sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi, jumladan:
-mamlakatda ro‘yxatdan o‘tkazilgan intellektual mulk obyektlari sonini 100 mingtaga yetkazish;
- intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida texnologiyalaridan foydalanish orqali ekspertiza muddatlarini 2 barobarga qisqartirish.
Adliya vazirligining “Sanoat mulki muhofazasi” va “IP Protection” axborot portallari negizida quyidagilarni amalga oshirish imkonini beruvchi “Intellektual mulk muhofazasi” portali ishga tushiriladi:
- intellektual mulk masalalariga oid murojaatlarni qabul qilish;
- intellektual mulk obyektlari bilan bog‘liq shartnomalarni onlayn tuzish.
- kontrafakt tovarlar hamda intellektual mulk huquqlarini buzganligi uchun faoliyati cheklangan veb-saytlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni joylashtirish.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112823 | Инструменты