Saida Mirziyoyeva Yaponiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Kenji Xirata bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda asosiy eʼtibor O‘zbekiston prezidentining Yaponiyaga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik masalalariga qaratildi. Tomonlar mazkur tashrif doirasidagi tadbirlar samaradorligini taʼminlash, o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun ikki tomonlama kun tartibini mazmunan boyitish zarurligini taʼkidladilar.
Suhbat chog‘ida, shuningdek, taʼlim sohasidagi qo‘shma loyihalarni, tibbiyot yo‘nalishida amalga oshirilayotgan tashabbuslarni, madaniy hamkorlik doirasidagi rejalarni muhokama qilishga alohida eʼtibor qaratildi.
Saida Mirziyoyeva Yaponiya hukumatiga, xususan, taʼlim va tibbiyot loyihalarini qo‘llab-quvvatlayotgani, madaniy tashabbuslarga, jumladan Osaka va Tokioda ko‘rgazmalar o‘tkazish rejalarini amalga oshirishda ko‘rsatayotgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar O‘zbekiston–Yaponiya munosabatlarini siyosiy, iqtisodiy va gumanitar yo‘nalishlarda yana-da chuqurlashtirishga tayyor ekanini tasdiqladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112823 | Инструменты