Huawei 1
Haydovchilar YPX xodimiga guvohnomasi va pasportining raqamli nusxalarini ko‘rsata olmaydi

Maʼlum qilinishicha, shu yil boshida qabul qilinib, 1 iyuldan kuchga kirgan hukumat qarori – haydovchilarni YPX xodimlariga hujjatlarning aslini taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi.

Bu qaror asosida 17 ta turdagi hujjatlarning my.gov.uz sayti hamda MyGov va “Ijtimoiy karta” ilovalaridagi elektron shakli joriy etilishi belgilangan. 1 iyuldan eʼtiboran bu elektron shakldagi hujjatlar banklarda, notarial idoralarda, ichki temiryo‘l va aviareyslar uchun vokzal va aeroportda ro‘yxatdan o‘tishda, davlat xizmatlari, korporativ xizmatlar va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishda hamda fuqarolarni qabul qilishda hujjatning qog‘oz shakli bilan teng darajada qabul qilinishi kerak.

Bu tartib YHHXning fuqarolarga xizmat ko‘rsatuvchi maʼmuriy amaliyot markazlari, ro‘yxatlash va imtihon olish bo‘limlarida ham amal qiladi.

Lekin, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi 4-qismiga ko‘ra, haydovchilar YPX inspektorlariga transport vositasini boshqarish davomida biometrik pasport yoki ID-kartaning asl nusxasini taqdim etishlari shart. Pasport yoki ID-kartaning asl nusxasi taqdim etilganda, haydovchilik guvohnomasi va boshqa hujjatlar so‘ralmaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70423 | Инструменты